Tursunova Rayhona Azizjon Qizi
Tursunova Rayhona Azizjon qizi 2008-yil 18-iyulda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Tavaron MFYda tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi. Ta’lim darajasi — tugallanmagan oliy. U ingliz filologiyasi yo‘nalishida tahsil olmoqda va 2026-yilda Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kirgan. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sertifikatlarga ega.
Rayhona liderlik uchun qat’iyat va yetakchilikni muhim fazilatlar deb biladi. Uning hayotiy shiori: “Har qanday holatdan qat’i nazar, har doim oldinga intilish.” U har doim zo‘rlarning zo‘ri bo‘lishga intiladi va o‘z sohasini juda yaxshi ko‘radi. Boshqalar undan tillarni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha: “Til bilgan dunyo biladi.”
Kelajakda chet elda malaka oshirish hamda o‘z sohasi bo‘yicha professional bo‘lishni rejalashtiradi. Boshqa yoshlar uchun motivatsion fikri: “Jimlikda o‘sayotgan insonni vaqt kelib natijalari gapiradi.”
