Tursunova Shodiya Musurmon Qizi

Tursunova Shodiya Musurmon Qizi
Tursunova Shodiya Musurmon Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Tursunova Shodiya Musurmon qizi 2008-yil 14-yanvarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi.

U O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lib, psixologiya yo‘nalishida tahsil oladi. Shodiya maktab davridan insonlar psixologiyasiga qiziqqan, ularni anglashni istagan va oliy o‘quv yurtiga topshirgan.

U psixologik maqolalar chop ettirgan hamda universitetda turli xil tanlovlarda ishtirok etgan. Uning hayotiga ota-onasining ishonchi ta’sir qilgan. Shodiyaning hayotiy prinsipi: “Ba’zan biz orzu qilgan hayotga yetishish uchun nimanidir topish emas, endi bizga tegishli bo‘lmagan narsalarni ortda qoldirish kerak bo‘ladi.”

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va musiqa bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatli bo‘lish. Kelajakda chet elda o‘qishni davom ettirish va o‘zining eng yaxshi versiyasini yaratishni rejalashtiradi. U boshqalar har qanday holatda ham o‘ziga ishonish va olg‘a intilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Shodiya o‘zini juda quvnoq inson deb biladi va energiyasi atrofidagi insonlarga ham ta’sir qilishini aytadi. Shuningdek, u aktrisalik mahoratini ham zo‘r deb hisoblaydi.

Hoziroq ariza qoldirish