Uktamova Sevinch Uktam Qizi
Uktamova Sevinch Uktam qizi 2006-yil 22-aprelda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi. U Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan va hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining 3-bosqich talabasi. U 2024-yilda DTM testi asosida TDYUga 173,3 ball bilan, IELTS hamda tarix fanidan milliy sertifikat olgan holda qabul qilingan.
Sevinch G‘afur G‘ulom nomidagi maxsus stipendiya sohibasi. U Iste’dodli yoshlarni rivojlantirish Ulug‘bek jamg‘armasi tomonidan Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romani asosida o‘tkazilgan respublika insholar tanlovida 2-o‘rinni egallagan hamda jadidlar haqidagi insholar tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan. U «DIL va QALAM» she’riy kitobi, «Ommabop maqolalar» mualliflik kitoblari va «G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiga chizgilar» hammualliflikdagi risola muallifi. Shuningdek, 20 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalar muallifi.
Bo‘sh vaqtida til o‘rganish va ijod qilish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — insonlarni tushuna olish; lider hamma qo‘rqadigan «boshliq» emas, balki muammo yoki fikr bilan bemalol murojaat qilish, maslahat so‘rash mumkin bo‘lgan insondir. Kelajakda fuqarolik ishlari bo‘yicha yetuk advokat bo‘lishni, shuningdek, dunyo kezib, avvalambor Italiya, Turkiya, Dubai, Misr, Singapur va Shveysariyaga sayohat qilishni maqsad qilgan. U maqola yozish, tadqiqot qilish va vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini ulashishi mumkin. Ko‘pchilik uni juda sirli deb hisoblaydi, biroq unga yaqin insonlar uning ochiqko‘ngilligini alohida ta’kidlashadi. U insonlar bilan muloqotga kirishishdan oldin ularni kamida 3 kun kuzatadi. Uning hayotiy shiori: «Actions speak louder than words.»
