Ulashova Nilufar
Ulashova Nilufar Bobomurod qizi 09.10.2006-yilda Samarqandda tug‘ilgan. U Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida yashaydi. Nilufar Oriental universitetining rus tili filologiyasi yo‘nalishi talabasi bo‘lib, hozirda 2-kursda tahsil oladi.
Uning ta’lim va faoliyat yo‘li rus tilini o‘rganishga bo‘lgan kuchli qiziqishidan boshlangan. Hozirda u rus tili bo‘yicha bilimlarini davom ettirib, darslardan tashqari vaqtda rus tili metodikasini mustaqil ravishda chuqur o‘rganmoqda. Uning asosiy yutug‘i rus tilida ta’lim olishi va shu tilda erkin muloqot qila olishidir.
Nilufar bo‘sh vaqtini o‘z ustida ishlash va kitob mutolaasiga ajratadi. U vaqtidan unumli foydalanib, doimo yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga intiladi. Uning hayotiy prinsipi — bugun kechagidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lish va hech qachon o‘rganishdan to‘xtamaslik. U har qanday qiyinchilikni yangi tajriba va o‘sish imkoniyati deb biladi.
Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish va shaxsiy namuna ko‘rsata bilishdir. Guruhdoshlari va boshqalar undan rus tilini o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi hamda bilimlarini sodda tilda tushuntirib bera olish mahoratini o‘rganishlari mumkin.
Nilufarning kelajakdagi maqsadi rus tili yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali katta domla bo‘lishdir. U kuchli mutaxassis bo‘lishni, shunchaki til bilish bilan cheklanmay, kelajakda rus tilidan eng qiziqarli dars o‘tadigan malakali katta domla bo‘lishni maqsad qilgan.
