Ulashova Nilufar Bobomurod Qizi

Ulashova Nilufar Bobomurod Qizi
Ulashova Nilufar Bobomurod Qizi
18 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ulashova Nilufar Bobomurod qizi 09.10.2006-yilda Samarqandda tug‘ilgan. U Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashaydi. Nilufar Oriental universiteti talabasi bo‘lib, rus tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi. U rus tiliga qiziqadi.

U rus tilida ta’lim olib, nufuzli jurnallarda ilmiy va ijodiy maqolalar nashr ettirgan. Hozirda u o‘z ustida ishlab, yangi tadqiqotlar va loyihalar ustida faol ish olib bormoqda. Uning hayotida unga ta’sir qilgan shaxs yoki voqea yo‘qligini bildirgan.

Uning hayotiy prinsipi — «Bugun kechagidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lish». U har kuni yangi bilim olishga, xatolaridan xulosa chiqarishga va tinimsiz o‘z ustida ishlashga intiladi. Bo‘sh vaqtida asosan rus tilidagi shaxsiy rivojlanish, liderlik va biznesga oid adabiyotlarni mutolaa qiladi. Bu unga dunyoqarashini kengaytirish va til ko‘nikmalarini yanada mukammallashtirishga yordam beradi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga bo‘lgan ishonch va o‘z ustida ko‘p ishlash kerak. Kelajakda u rus tili metodikasini yaxshi o‘rganish, oliy ma’lumotli katta domla bo‘lish hamda barchaning oldida o‘z bilimini bemalol namoyish eta olishni maqsad qilgan. Boshqalar undan maqsad sari qat’iyat bilan intilishni, muntazam kitob mutolaa qilib o‘z ustida ishlashni va rus tilidagi manbalardan unumli foydalanishni o‘rganishlari mumkin. U yangi bilimlarni mustaqil o‘rganishga va o‘z ustida tinimsiz ishlashga kuchli intiladi, har bir boshlagan ishini esa mas’uliyat bilan oxiriga yetkazadi.

«Katta orzular qilishdan qo‘rqmang va ularni aniq maqsadlarga aylantirishga harakat qiling.»

Hoziroq ariza qoldirish