Umaraliyeva Shahloxon Jumaqul Qizi
Umaraliyeva Shahloxon Jumaqul qizi 01.06.2008-yilda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Katta-turk qishlog‘ida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Bektemir tumanida yashaydi.
Shahloxon Jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishida, 1-ingliz fakultetida tahsil oladi. U 02.09.2026-yildan buyon Jahon tillari universiteti talabasi.
U ingliz tili bo‘yicha B2, ona tili bo‘yicha A darajaga ega. Shuningdek, «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovi ishtirokchisi hamda universitet liderlar jamoasi a’zosi. Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qish va universitetdagi volontyorlik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadi, ingliz, turk va rus tillarini o‘rganadi.
Uning hayotiga eng ko‘p ta’sir qilgan insonlardan biri ota-onasidir. Ularning mehnati va bergan tarbiyasi uning hayotga qarashlari hamda kelajakdagi maqsadlari shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Maktab va universitetdagi ustozlari ham uning ilhom manbayidir.
Uning hayotiy shiori: «Bugungi harakat — ertangi natija!» U o‘z kelajagini bugungi harakatlari bilan yaratishga intiladi. Uning fikricha, lider uchun mas’uliyatli bo‘lish, jamoadagi har bir insonning fikrini tinglash, o‘ziga ishonish va mas’uliyatdan qochmaslik muhim.
Shahloxon universitetni bitirib, o‘z sohasi bo‘yicha tajribali filolog bo‘lishni rejalashtiradi. Bundan tashqari, styuardessa sifatida ham faoliyat yuritishni istaydi. U yangi narsalarni sinab ko‘rishga, kitob o‘qishga va o‘zini rivojlantirishga intiladi hamda har bir kichik qadam katta yutuqlarga olib borishiga ishonadi.
«O‘zingizga ishoning va boshqalar hayoti bilan o‘z hayotingizni aslo taqqoslamang. Eng muhimi, vaqtingizni qadrlang, bilim oling va orzularingiz sari qat’iyat bilan harakat qiling.»
