Umarova Guljanon Dilshodbek Qizi

Umarova Guljanon Dilshodbek Qizi
Umarova Guljanon Dilshodbek Qizi
29 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Umarova Guljanon Dilshodbek qizi 2007-yil 22-iyulda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi. O‘zbekiston Milliy universitetida tugallanmagan oliy ta’lim olmoqda hamda jurnalistika va o‘zbek filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 2025-yil sentabr oyida boshlagan.

U O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi yo‘nalishida talaba qizlar koordinatori hisoblanadi. Shuningdek, “Rivojlan” volontyorlar ta’lim dasturi bitiruvchisi. SMM, HR va shu kabi boshqa sohalarni egallagan. Bir qancha universitetlarda o‘tkazilgan tanlov va tadbirlar ishtirokchisi bo‘lgan. Ona tili kuniga bag‘ishlangan tanlovda qatnashib, 285 ming so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritgan.

U hayotiga ta’sir qilgan alohida shaxs yoki voqea yo‘qligini aytadi; o‘sib-rivojlanib, o‘z ustida ishlayotgan tengdoshlaridan motivatsiya oladi. Uning shiori: “Kechagi kuningdan bugungi kuning zo‘r bo‘lsin”. Shuningdek, u “Men barchasini uddalayman” degan ichki ishtiyoqga ega.

Bo‘sh vaqtida zamonaviy yangi bilimlarni o‘rganadi, maqolalar yozadi, kitoblar mutolaa qiladi hamda sun’iy intellektni yanada chuqurroq o‘rganadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun insonda kuchli ishtiyoq bo‘lishi va boshqalarga ham bu ularning kelajagi uchun kerakligini uqtira olish qobiliyati muhim. U kelajakda Amerika ta’lim standartlari asosida yangi maktab ochishni hamda zamonaviy kasb va ta’limlarni barcha yoshlarga bepul o‘rgatishni rejalashtiradi.

Uning fikricha, atrofdagi muhim tadbirlar va voqea-jarayonlarga befarq bo‘lmaslik, mas’uliyatni o‘rganish kerak. Karaoke qilishni va tabiat qo‘ynida sayohat qilishni yoqtiradi. Yoshlar uchun uning motivatsion fikri: “Shunchaki oldinga, olg‘a qadam tashlash.”

Hoziroq ariza qoldirish