Umarova Munisa

Umarova Munisa
Umarova Munisa
11 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Umarova Munisa Bobir qizi 2007-yil 10-oktabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Jizzax viloyatida yashaydi. U Samarqand davlat universitetida tugallanmagan oliy ta’lim bosqichida, Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili yo‘nalishida tahsil oladi.

U faoliyatini universitetda o‘qishni boshlaganidan so‘ng turli tadbir va loyihalarda ishtirok etish orqali boshlagan. Dastlab ko‘ngilli sifatida tadbirlarni tashkil etish va jamoa bilan ishlashda faol qatnashgan. Keyinchalik yoshlar loyihalarida o‘z tashabbuslari bilan ham ishtirok eta boshlagan. U filologiya talabasi, IELTS sertifikati sohibasi, kitobxonlik tanlovlarida faol kitobxon, oltin medal sohibasi hamda faol volontyordir.

Litseyidagi o‘qituvchisining “o‘qishga kontrakt ham kirolmaysan” degan so‘zlari unga grant asosida o‘qishga kirishga turtki bo‘lgan. Uning hayotiy prinsipi: “Har bir tajriba — o‘sish uchun imkoniyat.”

Bo‘sh vaqtida asosan badiiy kitob o‘qiydi, turk tilidagi seriallarni tomosha qiladi va turkcha kitoblar o‘qiydi. U yangi muhitga tez moslasha oladi, turli insonlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radi. Yangi bilim olish, jamoada ishlash va tashabbus ko‘rsatish u uchun muhim. Shuningdek, til o‘rganish, kitob o‘qish va yangi loyihalarda ishtirok etishga qiziqadi. Hozirda ingliz, o‘zbek va turk tillarida erkin muloqot qila oladi.

Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki lider nafaqat yo‘l ko‘rsatishi, balki o‘z qarorlari va jamoasi natijasi uchun javob bera olishi kerak. U boshqalarga mas’uliyatli bo‘lish, yangi narsalarni o‘rganish va qiyinchiliklarda taslim bo‘lmaslik borasida o‘rnak bo‘la oladi, deb hisoblaydi. Har bir imkoniyatdan tajriba olishga va boshlagan ishini oxirigacha yetkazishga harakat qiladi. Uning kelajakdagi maqsadlari ko‘p, ammo maqsadlar amalga oshishi uchun ularni sir tutish lozim, deb hisoblaydi.

“O‘zingizga ishonishdan va birinchi qadamni tashlashdan qo‘rqmang. Hamma narsani birdaniga uddalash shart emas — muhimi, har kuni oz bo‘lsa ham oldinga harakat qilish. Bugungi kichik harakat ertangi katta imkoniyatga aylanishi mumkin.”

Hoziroq ariza qoldirish