Umedova Ruxshonabonu Feruz qizi
Umedova Ruxshonabonu Feruz qizi 20.06.2008-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashaydi.
U avval Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim olgan va uni tamomlagan. Hozirda Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 2-fakultetida tahsil olmoqda. Ingliz tiliga bo‘lgan katta qiziqishi tufayli u 2026-yilda UzSWLU universitetiga hujjat topshirgan va grant asosida o‘qishga kirgan.
Uning ingliz tili bo‘yicha 57 ballik, ya’ni B2 darajadagi sertifikati hamda ona tili fanidan 91 yarim foizlik B sertifikati mavjud. Ruxshonabonu boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Adiza Muhabbat ustozidan ilhomlangan holda mukammal o‘qituvchi bo‘lishni istaydi. Uning kelajakdagi asosiy maqsadi ham mukammal darajada o‘qituvchi bo‘lishdir.
Bo‘sh vaqtlarida u kitob o‘qiydi, ayniqsa badiiy kitoblarni jon-u dili bilan sevadi. Shuningdek, ispan tilini o‘rganishga qiziqadi va ingliz tilini mustahkamlaydi. Unda sabrli bo‘lish fazilati juda kuchli rivojlangan. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun doimo faol bo‘lish va barchani boshqara olish muhimdir.
Uning hayotiy shiori: «Olmos kabi bo‘l, hech qachon yorqinlik berishdan to‘xtama».
«Buyuk kelajak bugungi kichik harakatlaringizdan boshlanadi — to‘xtamang, o‘zingizga ishoning va faqat olg‘a, g‘alaba sari intiling!»
