Umida Bahodirova Sherali Qizi
Umida Bahodirova Sherali qizi 2009-yil 9-yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. U O‘zKOKUning 1-kurs talabasi bo‘lib, siyosatshunoslik yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini universitetga o‘qishga kirganidan boshlagan.
Umida tarix fanidan milliy sertifikatni A darajada olgan hamda ingliz tilidan CEFR sertifikatiga ega. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygani uning hayotiga ta’sir qilgan voqea bo‘lgan.
Uning hayotiy shiori: “Kichik qadamlar katta orzularga olib boradi.” Bo‘sh vaqtida badiiy kitob o‘qiydi, rasm chizadi va voleybolga qiziqadi. U liderlik uchun eng muhim fazilat qiyin vaziyatda mas’uliyatdan qochmaslik ekanini ta’kidlaydi. Boshqalar undan mehnatsevarlik va adolatni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Kelajakda Umida kasbining eng yaxshi mutaxassisi bo‘lishni hamda chet davlatdagilar bilan muloqot qilishni rejalashtiradi.
