Usmonova Dilrabo Fozil Qizi

Usmonova Dilrabo Fozil Qizi
Usmonova Dilrabo Fozil Qizi
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Usmonova Dilrabo Fozil qizi 19.03.2008-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan. Uning doimiy yashash joyi Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani bo‘lib, vaqtincha Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi.

U Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida o‘rta maxsus ta’lim olmoqda hamda hozirda siyosatshunoslik yo‘nalishida tahsil olmoqda. Dilraboning siyosatshunoslikka qiziqishi jamiyatda sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlar, davlat boshqaruvi va yoshlarning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq. U mamlakatimiz va dunyoda yuz berayotgan siyosiy voqealarni chuqurroq tushunish, ularni tahlil qilish hamda kelajakda o‘z sohasi bo‘yicha foydali mutaxassis bo‘lishni istaydi.

Uning 3 ta fandan sertifikati mavjud. Shuningdek, sport o‘yinlarida 2 ta 1-o‘rin medalini qo‘lga kiritgan va diplomlarga ega. Bo‘sh vaqtida asosan she’r o‘qiydi, bu mashg‘ulotga juda qiziqadi. Kelajakda shu yo‘nalishda kontentlar yaratmoqchi.

Dilraboning hayotiy prinsipi — har qanday vaziyatda o‘ziga ishonish, halol bo‘lish va maqsadi sari intilish. Uning fikricha, inson o‘z ustida ishlashdan hamda orzulari uchun harakat qilishdan hech qachon to‘xtamasligi kerak. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat mas’uliyat deb hisoblaydi, chunki haqiqiy lider faqat boshqalarga topshiriq bermaydi.

U kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishni, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishni, yoshlar siyosati hamda jamiyat rivojiga oid loyihalarda faol ishtirok etishni xohlaydi. U boshqalarga insonlarni tinglash, hurmat qilish, jamoada yaxshi hamkorlik qilish va maqsad sari harakat qilish borasida o‘rnak bo‘la olishiga ishonadi. Har doim yangi narsalarni o‘rganishga va o‘zini har bir sohada sinab ko‘rishga qiziqadi, shuningdek, bitta narsadan tez zerikishini bildirgan.

“Boshqalarning fikriga emas, avvalo o‘z maqsadlaringizga ishoning. Har kuni ozgina bo‘lsa ham yangi bilim olishga va o‘z ustingizda ishlashga harakat qiling.”

Hoziroq ariza qoldirish