Usmonova Muslimaxon Zohidjon Qizi
Usmonova Muslimaxon Zohidjon qizi oliy ta’limning bakalavriat bosqichida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tahsil oladi. U Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili yo‘nalishini tanlagan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U 2008.17.12. sanada Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
Muslimaxon 2015-yilda 3-maktabning 1-sinfiga qabul qilingan. Oddiy maktabda o‘qish uni qoniqtirmagani sababli, 2020-yilda filologiyaga ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan. 2022-yildan Buvayda tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga, 2024-yildan esa Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga qabul qilingan.
U “To quyosh sochgayki nur...” an’anaviy tanlovida “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi g‘olibasi bo‘lgan hamda O‘zbekiston xalq shoirasi Enaxon Siddiqova xotirasiga bag‘ishlangan tanlovda ishtirok etgan. CEFR B2 darajasiga ega. Ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikatning C+ darajasini 83,08% natija bilan, tarix fanidan esa C+ darajasini 79,98% natija bilan qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati emblemasi sohibasi. U O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bolalar musiqa va san’at maktabini “Teatr” mutaxassisligi bo‘yicha tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga 06.08.2023 sanada, “Tasviriy san’at” mutaxassisligi bo‘yicha tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga esa 06.04.2024 sanada ega bo‘lgan.
U Dilnoza Kubayevani o‘zi uchun ideal deb hisoblaydi va unga o‘xshashga harakat qiladi. Uning shiori: “Harakatdan to‘xtamasang, imkoniyatlar albatta topiladi.” U o‘z ustida ishlash, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik va har bir imkoniyatdan unumli foydalanishni muhim prinsip deb biladi.
Bo‘sh vaqtida rasm chizish, musiqa tinglash, kitob o‘qish, yangi narsalarni o‘rganish, do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish va sayr qilishni yoqtiradi. Uning fikricha, liderlikdagi eng muhim fazilat — mas’uliyat. U haqiqiy lider boshqalarga yo‘l ko‘rsatishi, o‘z qarorlari va jamoasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, boshqalarni tinglashi va qo‘llab-quvvatlashi kerak, deb hisoblaydi.
Muslimaxon yapon tilini mukammal o‘rganib, xalqaro hamkorlik va kommunikatsiya sohasida rivojlanishni maqsad qilgan. U o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, yangi imkoniyatlar yaratish va jamiyatga foydali inson bo‘lishni orzu qiladi. U yangi muhitga tez moslashishga, har bir tajribadan foydali xulosa chiqarishga intiladi hamda yangi tanishuv va tajribalarni o‘zini rivojlantirish uchun imkoniyat deb biladi.
“O‘zingizga ishoning, chunki har bir katta natija kichik qadamdan boshlanadi. Qiyinchiliklardan qo‘rqmang, ular sizni kuchliroq va tajribaliroq inson bo‘lishingizga yordam beradi.”
