Усмонова Сарвинозхон Икромжон Кизи

Usmonova Sarvinozxon Ikromjon qizi 05.03.2006-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashaydi. Hozirda Toshkent Davlat Yuridik Universitetining 3-bosqich talabasi bo‘lib, yurisprudensiya sohasida tahsil oladi.

U faoliyatini 2022-yilda boshlagan. Dastlab sohaga qiziqishi sabab kichik loyihalar va amaliy ishlar bilan shug‘ullangan. Vaqt o‘tishi bilan tajribasini oshirib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallagan hamda faoliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirgan.

Sarvinozxon Polshada almashinuv (exchange) dasturi doirasida universitetda tahsil olish uchun grant yutgan. Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqib, professional logistika yo‘nalishida tahsil olish uchun xalqaro grantni qo‘lga kiritgan. Ta’lim loyihasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, IELTS kurslarida o‘qish uchun grant yutgan va xalqaro imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan. Shuningdek, G‘afur G‘ulomning 122 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan intellektual tanlovda faol ishtirok etib, II darajali diplom bilan taqdirlangan.

U IELTSdan 6,5 natija qayd etgan. Malayziya jang san’ati — Pencak Silat hamda taekvondo bo‘yicha sertifikatlarga ega. U sport ustaligiga nomzod.

Sarvinozxon Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan. U “3rd International Conference on Empowering ESP Teachers (ICEET)” xalqaro konferensiyasida ham qatnashgan. UN WOMENning “Gender-Based Violence” mavzusidagi treningida va “Lider ayollar – yangi avlod uchun ilhom” loyihasida volontyorlik qilgan. MUN “Voice of Justice” loyihasida ishtirok etib, xalqaro huquq va diplomatiya sohasidagi salohiyatini namoyon qilgan.

U Yoshlar parlamentining faol volontyori bo‘lib, uning seminar va targ‘ibot ishlarida doimiy ishtirok etadi. “Zukko yurist”, “Zakovat”, “Qomus”, “Zukko kitobxon” va “Lady Lawyer” intellektual hamda huquqiy klublarining faol a’zosi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan sayyor huquqiy targ‘ibot va saylovoldi targ‘ibot tadbirlarida qatnashgan.

Uning hayotiga ta’limi va yaqinlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning qo‘llab-quvvatlashi unga oldinga intilish hamda o‘z maqsadlariga erishish uchun kuch beradi. Uning hayotiy prinsipi: “Harakat qilgan inson albatta natijaga erishadi.” Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi va konferensiyalarga qiziqadi.

Uning fikricha, liderning eng muhim fazilati — o‘zi qorong‘ida qolganida ham boshqalarga yo‘l ko‘rsata olishidir. Haqiqiy lider eng baland ovozli yoki eng kuchli odam emas; u yonidagi insonlarni o‘z kuchiga ishonishga, mas’uliyat olishga va oldinga qadam tashlashga ilhomlantira oladigan insondir. U boshqalar undan mas’uliyatli bo‘lishni, doimo o‘z ustida ishlashni va qiyinchiliklarga qaramay maqsad sari intilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Kelajakdagi rejalari va orzu-maqsadlari sir.

Hoziroq ariza qoldirish