Xalbayeva Zubayda Bazarbay qizi
Xalbayeva Zubayda Bazarbay qizi 2007-yil 24-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqala tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashaydi. U Qoraqalpoq davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kursida tahsil oladi.
U faoliyatini maktab davridan boshlagan. Maktab paytlarida ingliz tilidan B1 darajaga hamda ona tili va adabiyot fanidan B+ sertifikatiga ega bo‘lgan. Maktabda turli zakovat o‘yinlari va «Zukko kitobxon» tanlovlarini tashkil qilib kelgan. 2019-yildan beri zakovat o‘yinlarida faol qatnashib keladi, universitetida esa turli zakovat o‘yinlarini tashkil qiladi.
2022-yilda «Zukko kitobxon» tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma olgan. 2023–2024-o‘quv yillarida «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan. Shuningdek, 2023–2024-yillarda mazkur tanlovda faxrli ishtirok etgan.
Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, kitoblar sotib olib, shaxsiy kutubxonasini shakllantirish yo‘lida. U yangi bilimlar, tillar va adabiyotni o‘rganishga qiziqadi. Yangilik o‘rganishni, o‘zini sinab ko‘rishni, odamlar bilan muloqot qilishni, ularning fikrlarini tinglashni va ulardan yangi narsalar o‘rganishni qadrlaydi. Qiziqqan mavzusini chuqurroq o‘rganishga harakat qiladi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider boshqalarga buyruq bermaydi, aksincha, ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Kelajakda u «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovida o‘z bilimini sinab, ota-onasiga BYD avtomobilini sovg‘a qilishni, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlashni hamda bilimga chanqoq, intiluvchan yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish tanlashda yordam berishni maqsad qilgan. U bilimli, mustaqil fikrlaydigan va boshqalarga foydasi tegadigan inson bo‘lishni xohlaydi.
Uning hayotiy shiori: «Men uchun hayot — doimo o‘rganish, izlanish va rivojlanish yo‘li. Orzularimga ishonaman, maqsadlarim sari sabr va mehnat bilan boraman.» Boshqa yoshlar uchun motivatsion fikri: «Har kuni bir sahifa — har kuni bir qadam oldinga.»
