Xamidjanova Hilola Shuhrat Qizi
Xamidjanova Hilola Shuhrat qizi 19.12.2008-yilda Yangiyol tumanida tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Chinoz tumanida yashaydi. Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabini tamomlagan. Hozirda 185.90 ball bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining 1-kurs talabasi bo‘lib, xalqaro huquq sohasida tahsil oladi. U diplomatiya yo‘nalishida grant asosida o‘qishini bildirgan.
Hilola 4 ta sertifikatga ega: ona tili fanidan A daraja, tarix fanidan B daraja, matematika fanidan B daraja hamda ingliz tilidan B2 daraja. U Qizlar akademiyasi va Qizlar ovozi klubi volontyorlar jamoasi a’zosi. Bo‘sh vaqtida volontyorlik qiladi, asosan yangi ko‘nikmalarni o‘rganadi hamda vaqti-vaqti bilan qo‘shiq kuylaydi. Insonlarga yaxshilik qilishni yaxshi ko‘radi.
U faoliyatini 2024-yilda boshlaganini qayd etgan. Uning hayotida motivatsiya beradigan insonlar — ota-onasi. Hayotiy shiori: «Bugun intilish — ertaga natija». Unga ko‘ra, lider bo‘lish uchun birinchi navbatda insoniyatga xizmat qilish kerak. Kelajakda o‘z sohasining yetuk namoyandasi bo‘lib yetishish va har bir inson faxrlanadigan inson bo‘lishni maqsad qilgan.
«Har kuni o‘zingizga yangi maqsadlar qo‘ying. Orzularingiz sari qo‘rqmasdan, ishonch bilan doim olg‘a intiling.»
