Xamrakulova Rayxona Farxodovna

Xamrakulova Rayxona Farxodovna
Xamrakulova Rayxona Farxodovna
11 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Xamrakulova Rayxona Farxodovna 2008-yil 15-noyabrda Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Parrandachilik MFY (mahalla fuqarolar yig‘ini), Mironqul qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand tumani, Dilnavo ko‘chasi, 18-uyda yashaydi.

U SamDChTI institutining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi bo‘lib, 35-maktabni tamomlagan. Ingliz tilini 4-sinfida o‘rganishni boshlagan, asosiy o‘qishni esa 10-sinfida boshlagan. Ota-onasi uning o‘qishi uchun qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatlarni yaratib bergan va uni doimo qo‘llab-quvvatlagan.

Rayxona 8-sinfda tojik tili va adabiyoti fan olimpiadasi ishtirokchisi bo‘lgan. 9-, 10- va 11-sinflarda o‘zbek tili fanidan o‘tkazilgan olimpiadalarning tuman va viloyat bosqichlarida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan. Shuningdek, viloyat hokimi fan olimpiadasida faxrli birinchi o‘rin bilan hokim sovrindori bo‘lgan. U televizor, CEFRdan B2, ona tili va adabiyoti fanidan B va B+ natijalar hamda tarix fanidan B darajani qayd etgan. Ustoz AI platformasida o‘ndan ortiq sertifikat olgan va 1500 dan ziyod coin yiqqan.

Uning hayotida ustozlari va ota-onasining o‘rni beqiyos. U har bir inson hayotida ustoz muhim rol o‘ynaydi, deb fikrlaydi. Ustozlarining bergan bilim va ko‘nikmalari, to‘g‘ri yo‘lga boshlashi hamda ota-onasining uning o‘qishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergani uning shu darajaga chiqishiga sabab bo‘lgan.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, arab va rus tillarini o‘rganadi. Uning hayotiy prinsipi: “Bugungi harakatingiz va amalingiz ertangi kelajagingizni belgilaydi”. U lider bo‘lish uchun, avvalo, boshqalarga o‘rnak bo‘lish va liderlik maqomiga loyiq bo‘lish kerak, deb hisoblaydi. Shuningdek, har qanday vaziyatda kuchli bo‘lish hamda g‘azab bilan emas, aql bilan ish tutishni muhim deb biladi.

U bakalavr bosqichini tugatib, magistraturada o‘qishni, o‘z sohasi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishni hamda SAT imtihonidan maksimal ball olishni maqsad qilgan.

“Hayotda hamma narsa siz xohlagandek bo‘lmasligi mumkin, lekin taslim bo‘lmasangiz, har bir qiyinchilik sizni kuchliroq qiladi. O‘zingizga ishoning, imkoniyatni kutmang — uni o‘zingiz yarating.”

Hoziroq ariza qoldirish