Xamrayeva Bonu Kamolovna
Xamrayeva Bonu Kamolovna 2009-yil 26-sentabrda tug‘ilgan. U Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida yashaydi. Hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi.
U ingliz tili bo‘yicha CEFR B2 darajasiga, ona tili bo‘yicha B darajali sertifikatga hamda tarix bo‘yicha C+ darajali sertifikatga ega. Bo‘sh vaqtida shaxmat o‘ynash mahoratini oshiradi va kitobxonlik bilan shug‘ullanadi.
Uning eng katta motivatsiyasi — ota-onasining unga bo‘lgan ishonchi. U liderlik uchun o‘z imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermasdan harakat qilish va muvaffaqiyat yo‘lida to‘xtamay intilish muhim, deb hisoblaydi. Kelajakdagi maqsadi — prokuror lavozimida eng yaxshi kadr bo‘lish. U har doim harakat qilish, muvaffaqiyatsizlikdan keyin ham to‘xtamaslik hamda faqat orzu qilish bilan cheklanmay, o‘z orzularini amalga oshirish zarurligini ta’kidlaydi.
