Xamzayeva Farangiz
Xamzayeva Farangiz Xamza qizi 2007-yil 28-sentabrda Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida tug‘ilgan. U hozirda Olmaliq shahrida yashaydi. Farangiz ChDPUning 2-bosqich bakalavr talabasi bo‘lib, pedagogika yo‘nalishida tahsil olmoqda. U faoliyatini 2025-yildan ona tili hamda matematika fanlaridan tahsil olishdan boshlagan.
U hozirda ChDPUda 2-bosqichdan grant asosida o‘qishni boshlagan. Universitetning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Farangiz “Sun’iy intellekt asosida o‘qitishning tarbiyaviy va psixologik jihatlari” mavzusida ilmiy maqola chop etgan hamda #Liderlar_minbari loyihasi ishtirokchisi hisoblanadi. Ayni damda stipendiya oladi.
Uning aytishicha, unga ta’sir qilgan alohida shaxs yoki voqea yo‘q, u o‘ziga o‘zi motivatsiya beradi. Uning shiori: “Bugun ekkan bilim urug‘ingiz — ertaga kimgadir soya beruvchi daraxt bo‘ladi.” Bo‘sh vaqtida turli xil adabiyotlarni mutolaa qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — jamoatchilik ishlariga mas’uliyat bilan qarash.
Farangiz kelajakda doktorant bo‘lish hamda PhD yoqlashni rejalashtiradi. U boshqalarga ilmga bo‘lgan mehrni o‘rgata olishini ta’kidlaydi. Uning boshqa yoshlar uchun motivatsion fikri: “Siz o‘zgarishni kutayotgan dunyo — aynan sizning harakatingizga muhtoj.”
