Xayrullayeva Gulsanam Asliddin qizi
Xayrullayeva Gulsanam Asliddin qizi 2006-yil 10-aprelda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda istiqomat qiladi. U bakalavriat bosqichida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Rus filologiyasi fakultetida tahsil oladi.
U faoliyatini 2025-yilda boshlagan. Gulsanam «Ilm-fan iftixori» medali hamda «Vatanga sodiq inson» medali sohibasi, «Miss Universitet — Joziba» nominatsiyasi sovrindori, ilmiy maqolalar muallifi, milliy erkin turizm tadqiqotchisi va havaskor shoiradir. U Samarqand viloyati Shoirlar uyushmasi a’zosi, «Sadoqat» shoiralar guruhi vakili bo‘lib, she’rlari «Ma’rifat» va «Ijod» gazetalarida chop etilgan.
Gulsanamga Malala Yusufzayning faoliyati ta’sir qilgan, Saida Mirziyoyevadan esa katta motivatsiya oladi. Uning hayotiy shiori: «Har qanday kichik muvaffaqiyatlar katta maqsadlar uchun qadam. Hech qachon taslim bo‘lma!» U «Mutolaa» ilovasidan uzluksiz foydalanadi va hozirda 128 kunlik marra o‘rniga ega. Bo‘sh vaqtlarida hikoya va she’rlar yozadi, rasm chizadi, tarixni o‘rganadi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun jamiyatda hech kimga o‘xshamasdan fikrlash, o‘zini erkin tutish va qat’iyat muhimdir. Gulsanam kelajakda siyosat olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lishni, xalqaro tadqiqotchi bo‘lishni, milliy turizmni rivojlantirish uchun erkin sayyoh bo‘lishni hamda o‘z kasbining ustasi bo‘lishni rejalashtiradi. Uning fikricha, boshqalar undan hech qachon taslim bo‘lmaslikni va oxirigacha borishni o‘rganishlari mumkin.
«Eng muhim yo‘l — o‘zingni o‘nglagan va anglagan o‘zing.»
