Xayrullayeva Nigora Yangiboy Qizi
Xayrullayeva Nigora Yangiboy qizi 28.03.2007-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U o‘rta ma’lumotli bo‘lib, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan. Hozirda filologiya va tillarni o‘qitishning turk tili yo‘nalishida 1-kurs talabasi sifatida tahsil olmoqda.
U faoliyatini 2026-yilda universitetga o‘qishga kirganidan so‘ng boshlagan. Hozirda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga intilmoqda. Nigora turk tili bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan. Bo‘sh vaqtida qo‘shimcha tillarni o‘rganadi, kitob o‘qiydi va maqola yozishni o‘rganmoqda. U yangi bilim va tajribalarni o‘rganishga, o‘z ustida ishlashga, til o‘rganish, ijodiy loyihalar va g‘oyalar yaratishga qiziqadi.
Uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar — ota-onasi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi unga kuch va motivatsiya beradi. Uning hayotiy shiori: «Orzularimni kutib o‘tirmayman — ularni maqsadga, maqsadlarimni natijaga aylantiraman». U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat mas’uliyat ekaniga ishonadi: haqiqiy lider nafaqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi, balki o‘z qarorlari va jamoasi oldidagi mas’uliyatni ham zimmasiga oladi.
Kelajakda u juda ko‘p tillarni o‘rganish, tajriba orttirib malakali mutaxassis bo‘lish, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish, yangi loyihalarda faol qatnashish va jamiyatga foydali tashabbuslarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Boshqalarga ilhom bera oladigan lider bo‘lish uning eng katta orzularidan biridir. Uning fikricha, boshqalar undan maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilishni, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni va har qanday vaziyatda o‘ziga ishonishni o‘rganishlari mumkin.
«Orzularingizdan voz kechmang, har kuni o‘zingiz ustingizda ishlang.
Xatolardan qo‘rqmang, chunki ular sizni yanada kuchliroq qiladi.»
