Xojabekova Mashhura Ramatillo qizi
Xojabekova Mashhura Ramatillo qizi 2009-yil 19-aprelda tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi 67-sonli maktabni tamomlagan. Hozirda Samarqand Davlat Universitetining BioKimyo fakulteti Farmatsiya yo‘nalishi bakalavr talabasi bo‘lib, o‘qishini 2026-yildan boshlagan.
U Zakovat intellektual o‘yinlarida 3–4 yildan buyon qatnashib, Toshkent shahrida o‘tkazilgan respublika bosqichlariga chiqqan va jamoasi bilan faxrli o‘rinlarni egallagan. Fan olimpiadalarida 3 marotaba viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan. Kimyo va biologiya fanlaridan C+ darajadagi sertifikatlarga ega.
Mashhuraning hayotidagi o‘zgarishlarga ota-onasi asosiy sababchi bo‘lgan. U ota-onasining o‘zi uchun qilayotgan harakatlarini ko‘rib, kelajakda ularga farovon yashashlari uchun sharoit yaratishni istaydi. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, blogerlik qiladi va tillarni o‘rganadi. U boshlagan ishini oxirigacha yetkazmasdan qo‘ymaydi. Uning fikricha, liderlik uchun mas’uliyat, adolat va qat’iyat muhim.
Uning shiori: «Eng chiroyli g‘alaba — kechagi o‘zingdan kuchliroq bo‘lish». Hayotiy prinsipi: «Ushalmagan orzu qalbda bir umr armon bo‘lib qoladi, shunday ekan, nimalarga qodir ekanligingni ko‘rsatib qo‘yishing kerak». U boshqalarga o‘z qiziqishlari bo‘lgan barcha narsalarni o‘rganishni, shuningdek, kitob o‘qishni muhim deb biladi.
Mashhuraning kelajakdagi maqsadlari — ota-onasini Haj safarlariga yuborish, tillarni mukammal o‘rganib dunyo kezish, Alloh yaratgan mo‘jizalarni oila a’zolariga ko‘rsatish, magistraturada chet elda o‘qish va o‘z kasbining ustasi bo‘lishdir.
Ey insonlar, shuni unutmanglarki, sizning har bir yutug‘ingiz ortida ota-ona duosi bor. 💜
