Xo'jaxonova Mavjudaxon Obidjon qizi

Xo'jaxonova Mavjudaxon Obidjon qizi
Xo'jaxonova Mavjudaxon Obidjon qizi
11 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Xo'jaxonova Mavjudaxon Obidjon qizi 2008-yil 25-fevralda Jizzax viloyati Yangiobod tumanida tug'ilgan va shu tumanda yashaydi. U 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil olgan hamda yurisprudensiya yo'nalishining 1-kursida tahsil olmoqda.

Mavjudaxon tarix fanidan B daraja milliy sertifikatiga, ingliz tilidan B1 daraja sertifikatiga hamda uy hamshiraligi diplomiga ega. U bo'sh vaqtida badiiy kitoblar o'qiydi; asosan o'zbek adabiyoti, jahon adabiyoti va siyosatga oid kitoblarni mutolaa qiladi. Shuningdek, she'r yodlaydi va uni maromida o'qib, qisqa videolar tayyorlaydi.

Maqsadlari yo'lida to'xtamay harakat qilgan buyuk insonlar avlodi ekanligi unga katta motivatsiya bo'lgan. Uning fikricha, lider bo'lish uchun jamoaning har bir a'zosi fikrini inobatga olish, orqada qolganlarga yordam berish hamda har tomonlama izlanib, o'ylab ish qilish muhim.

U kelajakda ingliz tilidan IELTS sertifikatini olishni, o'qishni tamomlab magistraturada tahsil olishni hamda bilimli, salohiyatli sudya bo'lishni rejalashtiradi. Uning hayotiy prinsipi: «Xatolardan qo‘rqma, ular tajribaning bir qismidir. Muhimi, har safar xatodan keyin yana bir qadam oldinga yurishdir».

Hoziroq ariza qoldirish