Xojiyeva Mohinur Shavkat Qizi

Xojiyeva Mohinur Shavkat Qizi
Xojiyeva Mohinur Shavkat Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Xojiyeva Mohinur Shavkat qizi 2007-yil 30-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi.

U O‘zJOKU universitetining 2-kurs talabasi bo‘lib, Xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz tili) fakultetida tahsil oladi. Ingliz tili va ona tili bo‘yicha sertifikatlarga ega. Turk, ingliz va rus tillarida bemalol muloqot qila oladi.

Mohinur bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va kelajakdagi rejalarini tahlil qiladi. U ko‘plab tadbirlarda qo‘shiq kuylagan, uni ovozi orqali tanib qolishgan. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — ishonch va mas’uliyat. Boshqalar undan ish va o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatni hamda yangi tillarni o‘rganishga intilishni o‘rganishlari mumkin.

Uning hayotiy shiori: “Orzularingiz sizdan jasorat kutadi, mukammallik emas.” Mohinur sog‘lom bo‘lganimiz uchun har bir kunimizga shukr qilib yashash kerak, deb hisoblaydi. U o‘tgan har bir kunni imkoniyat deb biladi.

Kelajakda u iqtidorli yoshlarni bir joyga to‘plash, ularning har biri bilan alohida shug‘ullanib yordam berish hamda yurtimiz ravnaqi uchun kerakli bo‘la oladigan yosh bo‘lib yetishishni maqsad qilgan.

“Bugun yolg‘iz kurashayotgan bo‘lishing mumkin. Ertaga bu kurash sening hikoyang bo‘ladi.”

Hoziroq ariza qoldirish