Xolmuminova Dilnoza Maqsud Qizi

Xolmuminova Dilnoza Maqsud Qizi
Xolmuminova Dilnoza Maqsud Qizi
24 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Xolmuminova Dilnoza Maqsud qizi 2008-yil 14-oktyabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida yashaydi. Dilnoza O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.

Uning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi bolalik chog‘laridan boshlangan bo‘lib, chet tillaridagi gapirish uslubi bu qiziqishini orttirib borgan. Dilnoza “Zakovat” intellektual tanlovida faxrli o‘rinlarni egallagan, maktabda tashkiliy ishlarda faollik ko‘rsatgan. U talabalik davrini ham ijtimoiy faollik va a’lo baholar bilan davom ettirmoqda.

Ota-onasining mehnati va unga bildirgan ishonchi uni harakatga chorlaydi. Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qish, volontyorlik va sport bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. U yangi narsalarni o‘rganishga juda qiziqadi; biror maqsad qo‘ysa, uni shunchaki boshlash bilan cheklanmay, o‘zini rivojlantirishga va natijaga erishishga harakat qiladi.

Uning hayotiy prinsipi: “Bilim, intizom va izchil mehnat — barqaror muvaffaqiyat asosi.” Dilnozaning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat, chunki haqiqiy lider nafaqat boshqaradi, balki o‘z jamoasi va qarorlari uchun ham javob beradi. U ota-onasi faxrlanadigan farzand bo‘lish, yuqori va oliy martabalarga erishish, ustoz va o‘qituvchilarining ishonchini oqlash hamda kelajak uchun yetuk kadr bo‘lishni maqsad qilgan. Boshqalar undan doimiy mehnat, sabr, harakat va intizomni o‘rganishlari mumkin.

Hoziroq ariza qoldirish