Xubbimova Gulnoza Zoirovna
Xubbimova Gulnoza Zoirovna Toshkent shahrida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida yashaydi. U Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM Samarqand filialining bakalavr bosqichi 1-kurs talabasi bo‘lib, Filologiya va tillarni o‘qitish — ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.
Gulnozaning hayotida eng katta ta’sir qilgan inson — onasi. Onasining mehrlari, bergan tarbiyasi va doimo qo‘llab-quvvatlashi unga kuch beradi. U onasidan sabrli bo‘lishni, qiyinchiliklarga qaramay oldinga intilishni hamda yaxshi inson bo‘lib yashashni o‘rgangan.
Uni har qanday qiyinchilikka qaramay maqsadi sari intilish va doimo o‘zini rivojlantirish prinsipi ilhomlantiradi. U uchun hech qachon taslim bo‘lmaslik va har bir xatodan saboq olish muhim. Bo‘sh vaqtida til o‘rganish, kitob o‘qish va o‘z ustida ishlash bilan shug‘ullanadi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyat, halollik, sabr va odamlarni tinglay bilish muhim. Haqiqiy lider jamoasini hurmat qilishi, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi, boshqalarga yaxshi namuna bo‘lishi, o‘z xatolarini tan olishdan qo‘rqmasligi, doimo o‘rganishi va jamoasini maqsad sari ruhlantira olishi kerak.
Gulnozaning kelajakdagi eng katta orzulari — 4 ta tilni mukammal o‘rganib, ularda ravon va erkin gapira olish, nufuzli universitetlarda sifatli ta’lim olish hamda bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdir. U tanlagan kasbini chuqur egallab, o‘z sohasining yetuk va malakali mutaxassisi bo‘lishni istaydi. Shuningdek, bilim va mehnati orqali jamiyatga foydali inson bo‘lish hamda oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishni orzu qiladi.
Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda baland. Inshaalloh, u oldiga qo‘ygan barcha maqsadlariga erishib, katta yutuqlarga erishishiga ishonadi. U har kuni o‘z ustida ishlab, bilim va tajribasini oshirish hamda kelajakda o‘z kasbining eng yetuk mutaxassislaridan biri bo‘lishni istaydi. Orzulari sari qat’iyat bilan harakat qiladi va Allohning izni bilan ularga albatta erishishiga ishonadi.
«Katta orzular qilishdan qo‘rqmang. Balki bugun imkonsizdek tuyulgan orzu ertaga sizning eng katta yutug‘ingizga aylanishi mumkin.»
