Xudaybaqova Munira Saydazim Qizi
Xudaybaqova Munira Saydazim qizi 28.01.2008 kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrida yashaydi. Munira 290-sonli o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan va Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini 2023-yilda Yoshlar Ittifoqidan boshlagan. Tarix va ingliz tili fanlaridan milliy sertifikat sohibasi. Maktab davrida xorijiy til olimpiadasida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan. Shuningdek, shashka va gimnastika bo‘yicha bir qancha yutuqlarga ega, taekvondo sport turi bilan ham shug‘ullangan.
Styuardessa Durdona Safarovaga qiziqishi Munirani ushbu kasbga yo‘naltirgan: u styuardessa bo‘lish uchun ingliz tilini o‘rgangan va kelajakda bu kasb egasi bo‘lishni maqsad qilgan. U o‘z kasbining ustasi bo‘lib, odamlar e’tiboriga tushishni istaydi.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, til o‘rganadi, qandolatchilik va tikuvchilik sohalari bilan shug‘ullanadi. U oilasi va do‘stlariga sadoqatli hamda fidokor bo‘lishni muhim deb biladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyatlilik va yengilmaslik zarur.
Uning hayotiy prinsipi: «Muvaffaqiyatga erishganingizda, siz bosib o‘tgan har bir qiyinchilik siz uchun dars ekanini anglaysiz».
