Ensiklopediya2 daqiqa

Xudayberdiyeva Bahora Anvar Qizi

Kompyuter lingvistikasi talabasi · Sun’iy intellekt izlanuvchisi · Start-up loyihalari ishtirokchisi · Ijodkor · Taekvondo sovrindori

Xudayberdiyeva Bahora Anvar qizi 2008-yil 21-martda Navoiy viloyati, Navoiy shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashaydi.

Bahora O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi. U kompyuter lingvistikasi sohasida tahsil oladi hamda start-up loyihalari va sun’iy intellekt sohasida izlanish olib boradi. U faoliyatini 2025-yilda O‘zDJTUning Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilganidan beri boshlagan.

U 2025-yilda Navoiy shahar hokimi tomonidan iqtidorli qiz deb topilib, taqdirlangan. Shu yili “Har haftada 1 kitob” tanlovining shahar bosqichida 1-o‘rinni egallagan. Bahora 2 ta fan hamda 1 ta til bo‘yicha milliy sertifikat sohibasi. Sport sohasida taekvondo bo‘yicha yashil belbog‘ sohibasi bo‘lib, taekvondo va karate sport turlari bo‘yicha viloyat hamda shahar ochiq chempionatlari sovrindori hisoblanadi.

Badiiy ijod yo‘nalishida uning ko‘plab she’rlari turli gazetalarda, jumladan, “Navoiy yoshlari” gazetasida nashr etilgan. U IT va start-up loyihalariga qiziqishi bilan birga she’r, hikoya hamda teatr sahnalari uchun ssenariy yozishga ham qiziqadi. Shuningdek, ayrim kichik filmlarni suratga olishga qiziqadi.

Bahora 2026-yilda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi ishtirokchisi bo‘lgan hamda “Innovatsion g‘oyalar” respublika tanlovining universitet bosqichigacha yetib borgan. Ushbu tanlov natijalari hali e’lon qilinmagan.

Uning hayotiga eng ko‘p ta’sir qilgan shaxs Paulo Koelo va uning asarlaridir. Ayniqsa, “Alkimyogar” falsafiy asari uning o‘zgarishiga sabab bo‘lgan hamda “Maktub” asarini mutolaa qilishiga asos bo‘lgan. Bo‘sh vaqtida olam va borliqning tuzilishi, shuningdek, inson psixologiyasi haqidagi podkastlarni tinglash hamda maqolalarni o‘qishni yoqtiradi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim jihat — barchaning ichki olamini his eta olish, jamoadagi har bir insonni uning qobiliyatlaridan kelib chiqib yo‘naltirish va yakunda butun jamoani g‘alabaga yetaklay olish ko‘nikmasidir. Uning qiziquvchanligi va izlanuvchanligi tufayli boshqalar undan faqat 1 sohada emas, ko‘plab sohalarda yordam va maslahat so‘rashlari mumkin.

Bahoraning kelajakdagi maqsadi IT yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi bo‘lishdir. Uning hayotiy shiori: “Agar inson bir narsa chindan istasa, uning istagi uchun butun olam harakatda bo‘ladi”.

“Natijaga so‘zlar emas, harakat olib boradi.”

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Xudayberdiyeva Bahora Anvar Qizi

Kompyuter lingvistikasi talabasi · Sun’iy intellekt izlanuvchisi · Start-up loyihalari ishtirokchisi · Ijodkor · Taekvondo sovrindori

Hoziroq ariza qoldirish