Xudayberdiyeva Shahina Zafarjonovna

Xudayberdiyeva Shahina Zafarjonovna
Xudayberdiyeva Shahina Zafarjonovna
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Xudayberdiyeva Shahina Zafarjonovna 02.11.2007-yilda tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yashaydi. Hozirda Chirchiq davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

U ona tili va adabiyot fanlaridan B darajadagi milliy sertifikatga hamda matematika fanidan C darajadagi sertifikatga ega. Universitetda faol talaba sifatida intellektual o‘yinlarda bir necha marta 1-o‘rinni egallagan. Kitobxonlik tanlovida universitet bo‘yicha bir necha marotaba 1-o‘rinni olgan. Shuningdek, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta ilmiy maqola muallifi.

Bo‘sh vaqtida mutolaa qiladi va hozirda SMM bo‘yicha onlayn dars olmoqda. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun, avvalo, liderlik darajasidagi bilim va qat’iyatlilik muhim. Kelajakda o‘z sohasi mutaxassisi bo‘lish hamda olgan bilimlarini amalda qo‘llashni maqsad qilgan. U boshqalar undan bilim olishlari mumkin deb hisoblaydi.

Uning hayotiy shiori: “Bugun qilgan har bir kichik harakating — ertangi katta orzularing sari qo‘yilgan qadam.”

Hoziroq ariza qoldirish