Xudaynazarova Sevinch Alisher qizi
Xudaynazarova Sevinch Alisher qizi 2008-yil 23-noyabrda Surxandaryo viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Sergili tumanida yashaydi. U Surxandaryo viloyatining Muzrabot tumanida tahsil olgan hamda rus tili va tarjimonlik yo‘nalishida tahsil oladi. U ona tili fanidan sertifikat olgan. Shu yil ona tili fanidan B darajali, 88.95 foizlik sertifikat oldi.
Sevinchning hayotiy shiori — “Doim qat’iyatli va intiluvchan bo‘lish.” U bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi. Lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar deb o‘ziga bo‘lgan ishonch va qat’iyatni biladi. Uning fikricha, boshqalar undan hayotga bo‘lgan ishonch va qat’iyatni o‘rganishlari mumkin. Shu bilan birga, yoshlar turli bilimlarni egallashlari mumkin.
U kelajakda birinchi kursda yaxshi o‘qib, o‘qishini grantga o‘tkazishni, rus tili va turk tili fanlaridan sertifikat olishni, magistraturani bitirib, universitetda dars berishni rejalashtiradi. Shuningdek, u hayotiga turli xil o‘zgarishlar kiritishni xohlaydi.
“Hayotda doim o‘zingizga ishoning. Balki hammasi tugadi, deb o‘ylaganingizda, bu aslida yangi bir boshlanish bo‘lishi mumkin.”
