Xudoyberganova Nilufar Farhod Qizi

Xudoyberganova Nilufar Farhod Qizi
Xudoyberganova Nilufar Farhod Qizi
26 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Xudoyberganova Nilufar Farhod qizi 2004-yil 12-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi.

U Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining Ekonometrika yo‘nalishini bitirgan. Hozirda mazkur universitetning Jahon iqtisodiyoti yo‘nalishi magistraturasida tahsil olmoqda. Ota-onasi uni ta’lim olishga yanada qiziqtirgan bo‘lsa, universitetdagi ustozlari magistraturada tahsil olib, o‘qishni davom ettirishga undagan.

Nilufar bo‘sh vaqtida iqtisodiyot, bank sohalari va Ekonometrika bo‘yicha turli kitob hamda maqolalarni o‘qiydi. U o‘rgangan bilimlarini amaliyotda qo‘llab ko‘radi. Kichikligidan turli tadbirlarda qatnashib kelgan va universitetda a’lochi talabalardan bo‘lgan.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun boshqaruvchanlik, mas’uliyatli bo‘lish va odamlar bilan yaxshi kelishish muhim fazilatlardir. Boshqalar undan chidamlilik va ilmga chanqoqlikni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. Hayotiy shiori: “Har doim olg‘a intilish kerak. Muvaffaqiyat harakat qilganlarniki.”

Kelajakda u iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, vazirliklarda ishlashni rejalashtiradi. Shuningdek, universitetda domla bo‘lib, talabalarga Iqtisodiyot va Jahon iqtisodiyoti fanlaridan dars berishni maqsad qilgan.

“Hech qachon xato qilishdan yoki muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmang. Har bir qiyinchilik sizga yangi tajriba va saboq beradi. Doimo bilim olishga, o‘z ustingizda ishlashga va yangi imkoniyatlardan foydalanishga intiling.”

Hoziroq ariza qoldirish