Xurramova Barchinoy Davronovna
Barchinoy Xurramova Davron qizi 2007-yil 9-noyabrda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Istiqlol MFYda yashaydi. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-kurs talabasi bo‘lgan Barchinoy Iqtisodiyot fakultetida koreys tili, fransuz tili, arab tili va ingliz tili yo‘nalishlari bilan shug‘ullanadi.
U 2025-yil sentyabr oyidan boshlab universitetda talaba sifatida tahsil olib, jamoat va ijtimoiy tadbirlarda, «Zakovat» intellektual shousida, kitobxonlik tadbirlarida hamda universitetdagi eng ko‘zga ko‘rinadigan klublarda a’zo sifatida faol ishtirok etib kelmoqda. Matematika fanidan C+ sertifikatiga, ingliz tilidan IELTS 6 ball va B2 milliy sertifikatiga ega. Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyada boshlovchi bo‘lgan, «Zakovat» intellektual shoularida hakam sifatida ishtirok etgan.
Uning hayotida eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxslar ota-onasidir. Ular o‘zlari erisha olmagan orzu va maqsadlarga Barchinoy erishishi uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilganlar. Barchinoyning hayotiy shiori: «Sukut bilan ish qil, natijasi shovqinli bo‘lsin.»
Bo‘sh vaqtida manfaatli kitoblar o‘qishni, yangi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni va yangi, qiziqarli narsalarni o‘rganishni xohlaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun insonparvarlik, boshqalarni o‘z ortidan ergashishga undash, atrofdagilarning fikrini qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ri yo‘lga boshlash muhimdir. U imkon qadar tillarni o‘rganishni, dunyodagi bir qancha davlatlarning madaniyatini o‘rganishni, o‘zi uchun yangi manzillarni kashf etishni hamda yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishni rejalashtiradi.
Boshqalar undan o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishni va mavjud qobiliyatlarini to‘laqonli namoyon etish orqali insonlarga manfaat keltirishni o‘rganishlari mumkin. Yangi va qiziqarli g‘oyalarga intilishi, o‘rgangan yangi ma’lumotlarining qaysi manbadan olinganiga qiziqishi hamda manbashunoslik sohasiga intilishi uning qiziqarli jihatlaridan biridir.
«Yoshlik — imkoniyatlarni kutish emas, ularni o‘z qo‘ling bilan yaratish davri. O‘zingga ishongan holda bilim olishdan, xato qilishdan va yangi yo‘llarni sinab ko‘rishdan hech qachon qo‘rqma.»
