Xusanboyev Boburbek Baxrom O'g'li
Xusanboyev Boburbek Baxrom O‘g‘li 2008-yil 9-noyabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi. U 1-kurs talabasi bo‘lib, yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil oladi.
Boburbek IT dasturlash va sportga qiziqadi hamda bo‘sh vaqtida shu yo‘nalishlar bilan shug‘ullanadi. U Yoshlar ittifoqi a’zosi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Shuningdek, boshqalar undan mas’uliyat va adolatni o‘rganishlari mumkinligini ta’kidlaydi.
U malakali huquqshunos bo‘lishni, yurisprudensiya yo‘nalishida chuqur bilim olishni va kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni rejalashtiradi. Uning hayotiy shiori: “Haqiqat yo‘lida qo‘rqma, adolat yo‘lida to‘xtama.” 🔥
“O‘zingizga ishoning va harakat qiling.”
