Ensiklopediya2 daqiqa
Yakubova Bahora Baxtiyor Qizi
O‘zbek tili va adabiyot talabasi · Yosh kitobxon g‘olibi · A darajali sertifikat sohibasi · B1 CEFR sohibasi · Kitobxon
Bahora Yakubova Baxtiyorovna 01.03.2008-yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi. U Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumaniga qarashli 104-umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatgan. Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutining 1-kurs talabasi bo‘lib, o‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishida tahsil oladi. U 2026-yilda SamDCHTI bakalavr yo‘nalishiga grant asosida qabul qilingan.
U ona tili fanidan A darajali (100 foizlik) sertifikat sohibasi, shuningdek, ingliz tilidan B1 darajadagi CEFR sertifikatini qo‘lga kiritgan. «Yosh kitobxon» tanlovining mahalla bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallagan. Faoliyati davomida Rossiya universitetlariga grant yutgan.
Bahoraning talabalik baxtiga erishishida oilasining hissasi katta. Oilasining unga bildirgan ishonchi va yordami uning hayotida muhim ahamiyatga ega. U bo‘sh vaqtida asosan kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, 10 minutlik kichik sayr ham insonga ichki energiya beradi, shu bois inson ilm olishi bilan birga o‘ziga jismoniy dam berib turishi ham kerak.
Uning hayotiy prinsipi: «Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, shunchaki ba’zi maqsadlar ko‘proq vaqt va sabr talab qiladi. Eng katta boylik esa insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchidir». Uning nazarida, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlardan biri o‘ziga bo‘lgan ishonchdir. Kishi o‘ziga qanchalik kuchli ishonsa, oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi shunchalik yaqinlashadi va osonlashadi. Bundan tashqari, inson o‘zidagi shijoatni, yengilmas kuchni va qat’iyatni uyg‘ota bilishi zarur.
Uning kelajakdagi eng katta maqsadi o‘z o‘quv markazini ochishdir. U «Sadaqaning eng afzali — musulmon kishi ilm o‘rganib, so‘ngra uni musulmon birodariga o‘rgatishidir», degan fikrga amal qiladi. U orqali kimdir nimadir o‘rgansa, buni katta sharaf deb biladi. Uning fikricha, boshqalar undan o‘ziga bo‘lgan mustahkam ishonch va o‘zini qadrlash tuyg‘usini, hayot bergan imkoniyatlardan o‘z vaqtida va unumli foydalanishni, asossiz tanqid va g‘iybatlarga chalg‘imasdan shaxsiy rivojlanish hamda maqsadlarga e’tibor qaratishni o‘rganishlari mumkin. U haqiqiy yetakchilikni tashqi shovqinlarga e’tibor bermay, o‘z yo‘lidan dadil yurish va natija bilan javob berish deb biladi.
U uchun eng muhim qadriyat doimiy izlanish va yangiliklarga ochiq bo‘lishdir. Har bir qiyinchilikni yangi imkoniyat sifatida qabul qiladi. Biror narsa u xohlaganidek bo‘lmasa, uning o‘zi uchun xayrli emasligini tan olishni biladi.
Muallif
Yakubova Bahora Baxtiyor Qizi
O‘zbek tili va adabiyot talabasi · Yosh kitobxon g‘olibi · A darajali sertifikat sohibasi · B1 CEFR sohibasi · Kitobxon
