Yarashova Dilnora Shavkat Qizi

Yarashova Dilnora Shavkat Qizi
Yarashova Dilnora Shavkat Qizi
25 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Yarashova Dilnora Shavkat qizi 30.06.2006-yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. Hozirda ham Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashaydi.

U Samarqand davlat tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishida tahsil oladi va hozirda 3-kurs talabasi. Boshqa davlatda o‘qimagan.

Dilnora “Umid nihollari” tanlovida qatnashgan hamda esda qolarli sovg‘alar va medal bilan taqdirlangan. Uning hayotiy prinsipi: “Hayot belgilangan manzil emas, u davomli yo‘l va tajribadir”.

Bo‘sh vaqtida badiiy asarlar, jumladan romanlar o‘qiydi yoki kino ko‘radi. Uning fikricha, mas’uliyatli lider muammoni ko‘rganda aybdorlarni qidirmaydi, balki yechim topish va vaziyatni o‘nglashga e’tibor qaratadi. U har qanday vaziyatga tez moslasha oladi.

Kelajakda u zo‘r kardiolog bo‘lishni, yurak xastaligi bilan og‘rigan bemorlarni qo‘lidan kelganicha davolashni hamda ko‘plab ehtiyojmand oilalarga yordam qo‘lini cho‘zishni maqsad qilgan. Shuningdek, samimiy va mehribon inson bo‘lib, insonlarning qalbini og‘ritib qo‘ymaslikni istaydi. Uning fikricha, boshqalar undan sabrni, jahli chiqqanda o‘zini bosishni, mehribonlikni va sodiq inson bo‘lishni o‘rganishlari mumkin.

Hoziroq ariza qoldirish