Yariyeva Laylo
Yariyeva Laylo Xushvaqt qizi 12.10.2006-yilda Qashqadaryoda tug‘ilgan va hozirda Samarqandda yashaydi. U 2013–2024-yillarda Qashqadaryo viloyatidagi o‘rta ta’lim maktabida tahsil olib, uni oltin medal bilan bitirgan. 2024–2028-yillarda Samarqand davlat universitetining bakalavriat bosqichida tahsil olmoqda. U psixologiya yo‘nalishi talabasi bo‘lib, marketing va SMMni mustaqil ravishda o‘rganadi. 2025-yilda SMM bo‘yicha tahsilni tamomlagan hamda hozirda SMM faoliyatini onlayn olib boradi.
Laylo maktab davrida biologiya fan olimpiadalarida viloyat va respublika miqyosida birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritganini bildirgan. U Volontyorlar assotsiatsiyasida Samarqand bo‘yicha, shuningdek volontyorlik yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Uning hayotida otasi va onasining o‘qishga kirishi uchun qilgan duolari muhim ta’sir ko‘rsatgan.
Uning hayotiy shiori: “O‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik”. Bo‘sh vaqtida shaxmat o‘ynaydi, til o‘rganadi va podkast tinglaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun moslashuvchanlik, tez va adolatli qaror qabul qilish muhim. U har qanday vaziyatda ham harakatda bo‘lish va harakatdan to‘xtamaslik kerakligini ta’kidlaydi.
Laylo hozirda ingliz tilidan hamda NSP stipendiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U universitetdagi ta’limini Germaniyaga ko‘chirishni, Germaniyada study abroad dasturida o‘qishni va magistraturani ham o‘sha yerda davom ettirishni rejalashtirgan.
