Yo'ldasheva Nazokat Yasharjon Qizi

Yo'ldasheva Nazokat Yasharjon Qizi
Yo'ldasheva Nazokat Yasharjon Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Yo‘ldasheva Nazokat Yasharjon qizi 2008-yil 19-may kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. U faoliyatini 2026-yil 21-sentabrdan ustozlaridan yordam so‘rab boshlagan.

Nazokat tarix va ona tili fanlaridan sertifikatlarga ega. Shuningdek, Zulfiya nomidagi 2-darajali diplomni qo‘lga kiritgan. U pedagogika yo‘nalishiga o‘qishga kirganida, tarix o‘qituvchisi emas, balki tarbiya fanidan o‘qituvchi bo‘lib chiqishi aytilgani uning hayotiga ta’sir qilgan.

U bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, videolar yaratadi va o‘zini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. U juda quvnoq, insonlar bilan tez kirishib ketadi, lekin “salga arazlamang” deydi. Uning hayotiy prinsipi: “Hech qachon hech kimning gapiga quloq solmasdan, o‘z orzularing tomon intil.”

Uning fikricha, lider adolatli bo‘lishi, o‘zini har qanday vaziyatda qo‘lga ola bilishi va har qanday vaziyatdan oqilona chiqib keta olishi kerak. U boshqalarga kitobga mehr qo‘yishni hamda har qanday vaziyatdan oqilona chiqib ketishni o‘rgata olishini ta’kidlaydi.

Nazokat bakalavrni bitirib, magistraturada o‘qishni rejalashtirgan. Unga shuncha sharoit yaratib bergan ota-onasi va akasini hajga yuborishni, dadajoniga mashina sovg‘a qilishni hamda o‘z shaxsiy kutubxonasiga ega bo‘lishni orzu qiladi.

“Yoshlar kitobga muhabbatli bo‘lishi, kitobni sevishi va har qanday vaziyatdan o‘ylab chiqib ketishi kerak.”

Hoziroq ariza qoldirish