Yo'ldoshev Ziyodulla Rohatali O'g'li
Yo'ldoshev Ziyodulla Rohatali o'g'li Namangan viloyatining Pop tumanida yashaydi. U TDYUda kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriatning 2-kursida tahsil oladi.
U faoliyatini 2025-yilda boshlagan. Shotokan karate-do bo'yicha Namangan viloyati chempioni bo'lgan. Shuningdek, Beshariqda bo'lib o'tgan 5 ta davlat o'rtasidagi ochiq musobaqa kubogi sohibi hisoblanadi. U bir nechta milliy sertifikatlarga hamda ingliz tili sertifikatiga ega.
Bo'sh vaqtida yengil atletika, og'ir atletika va street sport bilan shug'ullanadi. Ilmiy-psixologik, motivatsion hamda o'z-o'ziga yordam berishga oid kitoblarni (self-help books) o'qiydi, meditatsiya bilan shug'ullanadi. Uning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat — mas'uliyat.
U kelajakda ingliz tili bo'yicha IELTSdan 8.5 ball olish, rus tilini B2 darajada o'zlashtirish, kompyuter texnologiyalari va huquqiy sohani mukammal egallash hamda xalqaro darajadagi yurist bo'lishni rejalashtiradi. Uning hayotiy prinsipi — to'xtab qolmaslik.
U odatda eng pastdan boshlaganini, odamlar mazax qilishini kuzatib indamay turganini va oxirida natijalari bilan javob berganini aytadi. Bu holat sport va shaxsiy rivojlanishga taalluqli bo'lib, uning odatiga aylangan.
Shiori: "Tashqariga qaragan kimsa xayollar og'ushida qoladi, o'z ichiga qaragan kishi esa uyg'onadi." — Karl Yung (Carl Jung).
