Yo'ldosheva Avazjon Alisher Qizi

Yo'ldosheva Avazjon Alisher Qizi
Yo'ldosheva Avazjon Alisher Qizi
28 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Yo'ldosheva Avazjon Alisher qizi Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi. U Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi bo'lib, Fuqarolik ishlari bo'yicha Shayxontohur tumanlararo sudida amaliyot o'tamoqda. U 2024-yil martdan beri faoliyat yuritadi.

U Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 14-son maktabda tahsil olgan. Oddiy maktabda o'qigan, qishloq hayotida yashagan Yo'ldosheva mebel va muzqaymoq sexlarida ishlab, kurslarga pul topgan. Maktabda majburiy fanlarni yaxshi o'qigani va yechgani, biroq xatolari ham bo'lgani sababli 179.3 ball bilan kontrakt asosida tahsil olmoqda. Ota-onasi uni o'qitish uchun harakat qilgan, u esa hech qanday kreditsiz 4-kursda tahsil olayotganini bildiradi. Kelgusida ishga kirgach, ota-onasining ehtiyojlariga yordam berishni rejalashtirgan.

U 2022-yilda fransuz tili bo'yicha Xalqaro livgivist olimpiadasida faol qatnashib, sertifikat olgan. 2025-yilda universitetdagi Miss leader klubida faoliyat yuritib, sertifikat olgan. Shuningdek, 2024–2026-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Xorazm va Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazilgan targ'ibot poyezdi loyihalarida faol ishtirok etgan. Fransuz tili o'qituvchisining yordami va mehnati uning rivojlanishida muhim o'rin tutgan: u tuman va viloyat fan olimpiadalarida faol qatnashib, 1-o'rinni qo'lga kiritgan hamda tinimsiz o'z ustida ishlash ko'nikmasini egallagan.

Bo'sh vaqtida detektiv filmlar ko'radi, til o'rganadi va sport bilan shug'ullanadi. Uning hayotiy shiori: “O‘zim uchun yaxshiroq hayotni o‘zim quraman.” U sudya bo'lishni, oilasini iqtisodiy jihatdan oz bo'lsa-da qo'llab-quvvatlashni hamda fondga asos solib, bilimli, ammo kasb-hunarga va universitet kontraktini to'lashga muhtoj insonlarga yordam berishni maqsad qilgan.

Uning fikricha, lider uchun o'zini tushunish, atrofdagilarga nima bera olish va qanday tajriba orttirishni bilish, kamchiliklarni o'rganish, muammolarni hal qilish, harakatchanlik, yangiliklardan xabardor bo'lish hamda ravon nutq muhim. U boshqalarga sabrni, harakat natijasini kutishni, yarim yo'lda voz kechmaslikni, o'z mehnatini qadrlashni va rostgo'ylikni o'rgata olishini ta'kidlaydi.

Sizning yo‘lingizni boshqalar bilan emas, kechagi o‘zingiz bilan solishtiring.

Har kuni ozgina bo‘lsa ham o‘rganing, harakat qiling va orzularingizdan voz kechmang.

Hoziroq ariza qoldirish