Yoldosheva Umida Xusniddin qizi

Yoldosheva Umida Xusniddin qizi
Yoldosheva Umida Xusniddin qizi
6 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Yoldosheva Umida Xusniddin qizi 2004-yil 23-iyulda Namangan viloyati Norin tumanida tug‘ilgan. Hozirda Namangan viloyati Norin tumanida yashaydi.

U Namangan davlat pedagogika instituti talabasi bo‘lib, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil oladi. Namangan viloyati Norin tumani Toshqin qishlog‘idagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan. Hozirgi kunda talaba sifatida ushbu sohaga qiziqadi.

Umida 2026-yilda “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan. 2025-yilda “Yilning eng faol ixtirochi-innovatori” tanlovining hududiy bosqichida 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, 2025-yilda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan.

U “Ecoqum” va “Eco plastillin” loyihalari muallifi. Patentga egaligi hamda spin-off korxonasida ishlashi qayd etilgan. U “Behbudiy izdoshlari” ko‘krak nishoni sohibi. Innox biznes-inkubator dasturi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda 1-o‘rinni, R&D Camp oromgohida “Ecoqum” loyihasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan. “Yashil kelajak” eko-oromgohi ishtirokchisi hamda InnoWeek innovatsion rivojlanish haftaligining faol ishtirokchisi.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va ilmiy loyihasini ishlab chiqish yo‘llarini izlaydi. U liderlik uchun maqsadni aniq belgilash hamda shu yo‘lda to‘g‘ri va izchil harakat qilish muhim, deb hisoblaydi. Kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limda yosh kadrlarga yanada yaxshi bilim berishni hamda o‘z loyihasini respublika miqyosida tatbiq etib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiradi.

U har doim oldinga qarab harakat qiladi, maqsadini aniq belgilaydi va unga intiladi. Boshlagan ishining natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, to‘xtamaydi hamda oxirigacha harakat qiladi. Uning hayotiy shiori: “Bugungi qo‘yilgan kichik qadam ertaga katta natijalarni olib keladi.”

“Yoshlik — imkoniyatlarni kutish emas, ularni o‘z mehnating, biliming va qat’iyating bilan yaratish davridir. Har bir yosh o‘ziga ishonsa, izlanishdan to‘xtamasa va maqsadi sari dadil qadam tashlasa, bugungi orzularini ertangi yutuqlariga aylantira oladi.”

Hoziroq ariza qoldirish