Yo’ldoshova Nilufar Shavkat qizi
Yo‘ldoshova Nilufar Shavkat qizi 2005-yil 19-iyunda Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashaydi. Nilufar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 3-kursida davlat granti asosida tahsil oladi. U maktabda a’lochi bo‘lgan, bilimlar bellashuvlari va olimpiadalarda qatnashgan. Faoliyatini 2023-yildan boshlagan; maktabda ingliz tili va matematika fanlariga qiziqib, olimpiadalarda qatnashgan hamda faxriy o‘rinlarni olgan. U community-menejerlik bilan shug‘ullanadi va Instagram’da bookblog yuritadi. Ingliz tilidan sertifikatga ega, maktabni a’lo baholarga bitirgan hamda universitet tomonidan berilgan ko‘plab sertifikatlarga ega. Bo‘sh vaqtida kitob va maqolalar o‘qiydi, Instagram’dagi blogi uchun turli videolar tayyorlaydi hamda turli ovqatlar pishiradi. Uning hayotiy prinsipi — boshqalar bilan emas, o‘tgan kundagi o‘zi bilan bellashish, har kuni kechagidan yaxshiroq inson bo‘lishdir. Kelajakda u ingliz tili sohasida ko‘plab bilimlarni egallab, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni maqsad qilgan.
