Yuldosheva Ruxshona Muzaffarovna
Yuldosheva Ruxshona Muzaffarovna 2008-yil 3-noyabrda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.
U Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 10-sonli maktabda tahsil olgan. Universitet uchun tayyorgarlikni 2023-yilda, 9-sinfda boshlagan. 2026-yilda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetiga maksimal 189 ball bilan qabul qilingan.
Ruxshona IELTS imtihonidan ikki marotaba 7 ball olgan. U Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Imperial Academy o‘quv markazida support teacher sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, ona tili fanidan A+, matematikadan B, tarix fanidan C darajali milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan hamda kompyuter savodxonligi kursida o‘qib, sertifikatga ega bo‘lgan. U 2023-yilda ingliz tili tanlovida jamoasi bilan birga ishtirok etib, 2-o‘rin uchun ajratilgan 75 million so‘mni yutib olgan.
U chet el universitetlari va kompaniyalari bilan hamkorlik qiladigan o‘qituvchi, yetuk kadr bo‘lishni niyat qilgan. Kelajakda O‘zbekistonni dunyoga tanitadigan bir nechta loyiha amalga oshirmoqchi. Uning maqsadlaridan biri — o‘z sohasining eng zo‘r mutaxassisi bo‘lib yetishishdir.
Ota-onasining umidli nigohlari uning uchun haqiqiy motivatsiyadir. Uning hayotiy prinsipi: «Ilmning mazasi olinganida va amal qilinganida seziladi». U bo‘sh vaqtida ko‘proq badiiy kitoblar o‘qiydi va rasm chizadi. U uchun sokinlik va doimiy o‘z ustida ishlash hayotining eng muhim qismlaridan biridir.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim xususiyat — tinglash va barcha uchun adolatli qaror qabul qilishdir. Ruxshona tengdoshlari undan qiyin vaziyatlarda taslim bo‘lmasdan olg‘a yurishni, bir ishni boshlaganda esa uni davom ettirish zarurligini o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
«Hech kimga o‘xshamaslik ham kuchdir!
Yo tarixga aylanamiz, yo tarixni yaratamiz...»
