Yunusjon Jumanazarov Faxriddin O'g'li

Yunusjon Jumanazarov Faxriddin O'g'li
Yunusjon Jumanazarov Faxriddin O'g'li
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Yunusjon Jumanazarov Faxriddin o‘g‘li 2008-yil 14-iyulda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi.

U 2023-yilgacha Yakkabog‘ tumani 59-maktabida, 2026-yilgacha esa Yakkabog‘ tumani ixtisoslashtirilgan maktabida tahsil olgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-kurs talabasi. U 2026-yilda 189 ball to‘plab, Diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabasi bo‘lgan.

Yunusjon matematika o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. U 2024-yilda faoliyatini 1–7-sinf o‘quvchilariga matematika o‘rgatishdan boshlagan. Bo‘sh vaqtida til o‘rganadi va chet el adabiyotlarini mutolaa qiladi.

Uning hayotiy prinsipi: “Vaqtingizni sarflayotganingizga emas, nima uchun sarflayotganingizga ahamiyat bering.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlardan biri — mas’uliyat. Boshqalar undan intizomni o‘rganishlari mumkin.

Yunusjon top universitetlarda o‘qishni davom ettirib, davlatga kerakli kadr bo‘lib yetishishni maqsad qilgan. Uning yoshlar uchun maslahati: “O‘z ustingizda ishlashdan hech qachon to‘xtamang, chunki katta natijalar kichik qadamlar va doimiy harakatdan boshlanadi.

Har bir imkoniyatdan foydalaning, xatolardan qo‘rqmang va o‘z maqsadingiz sari qat’iyat bilan harakat qiling.”

Hoziroq ariza qoldirish