Yusufjonova Osudaxon Sohibjon qizi
Yusufjonova Osudaxon Sohibjon qizi 08.08.2006 kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Mamay qishlog‘ida tug‘ilgan. U Namangan shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasi, 10-uyda yashaydi.
Osudaxon Namangan davlat pedagogika institutining biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabasi. U 2024-yilda biologiya fanidan repetitorlik qilgan.
U yosh mobilograf va SMM mutaxassisi. Shuningdek, “Eng yosh tadqiqotchi” nominatsiyasi g‘olibi, “Zakovat” qatnashchisi, kitobxon hamda volontyor sifatida qayd etilgan. Ingliz tilini o‘rganmoqda.
Unga professor ustozining har bir so‘zi, ayniqsa, “Hech qachon to‘xtab qolma” degan gapi ta’sir qiladi. Uning hayotiy shiori: “O‘z cho‘qqingni o‘zing barpo et: har bir qadam — o‘tmishdagi shubhalaring ustidan erishilgan g‘alabadir.”
Bo‘sh vaqtida shaxmat o‘ynaydi, miyani rivojlantirishga doir mashqlar bajaradi, odatlari ustida ishlaydi va asosan journaling bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga bo‘lgan ishonch, ravon nutq, fikrlarni to‘g‘ri bayon eta olish, har qanday holatdan chiqa olish va tushkunlikka tushib qolmaslik muhim.
Osudaxon o‘z yo‘nalishida davom etib, professor-ustoz maqomigacha yetishni, intiluvchan yoshlardan bilimlarini ayamaslikni, IELTS imtihonidan 7+ natija olishni hamda chet elda bilimlarini oshirishni maqsad qilgan. Boshqalar undan sohasiga bo‘lgan muhabbatni, yo‘lidan qaytmaslikni va g‘ayratni o‘rganishlari mumkin. U bir qaror ustida juda ko‘p o‘ylaydi, tavakkal qilishi qiyin, biroq biror narsani bilmoqchi bo‘lsa, uni oxirigacha yetkazishni zarur deb biladi. U o‘zini flegmatik tipiga mansub deb hisoblaydi.
“Hayot yo‘li — bu doimiy o‘sish va o‘z-o‘zini anglash jarayoni. To‘g‘ri niyat, intilish va mustahkam iroda kishini har qanday sinovlarda to‘g‘ri yo‘lda ushlab turadi.”
