Yuvoshova Dilrabo Erkin Qizi

Yuvoshova Dilrabo Erkin Qizi
Yuvoshova Dilrabo Erkin Qizi
16 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Yuvoshova Dilrabo Erkin qizi 2007-yil 13-mayda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. Hozirda Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashaydi.

U bakalavr bosqichida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 2025-yildan talaba sifatida boshlagan.

Dilrabo bank nazoratchisi yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli diplom sohibasi. U ona tili fanidan o‘tkazilgan olimpiadada faxrli birinchi o‘rinni egallagan, shuningdek, ingliz tili va tarix fanlaridan milliy sertifikatlarga ega.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasidir. Ular Dilraboni har qanday muvaffaqiyatsizlikka uchraganida ham yana harakat qilishga undaydi va qo‘llab-quvvatlaydi. U bu qo‘llab-quvvatlashni bugungi darajaga erishishida muhim omil deb biladi.

Uning hayotiy prinsipi: «Bekamu ko‘stlikdan ko‘ra kuchli iroda muhimroq». Bo‘sh vaqtida o‘z ustida ishlaydi, ingliz tili va rus tilini o‘rganadi, kitob o‘qiydi hamda shaxmat o‘ynaydi. U o‘qiydigan kitoblarning asosiy qismini siyosiy kitoblar tashkil etsa-da, badiiy va detektiv asarlarni ham mutolaa qiladi.

Dilrabo lider uchun fe’l-atvor barqarorligi, o‘z ustida ishlash va halollikni eng muhim fazilatlar deb hisoblaydi. Uning fikricha, ulgurishning muhim sharti munosib iqtidorlarni topib, jamoaga qo‘shish bilan bog‘liq. Shu bois yaxshi liderlar doimo iqtidorlarni izlash va o‘z ustida ishlash bilan band bo‘lishadi.

Kelajakda u xalqaro siyosat bo‘yicha Buyuk Britaniya universitetlarida magistraturada tahsil olishni, undan keyin esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ishlashni rejalashtirgan. U odamlar o‘zlariga nisbatan ishonchlarini rag‘batlantiradigan joylarda o‘z o‘rnini topishi mumkin, deb hisoblaydi va buning uchun doimo kuchli iroda kerakligini ta’kidlaydi. Dilrabo har doim o‘z-o‘ziga qilgan ishlari haqida hisobot beradi.

Hoziroq ariza qoldirish