Zakirova Umida Xamza Qizi
Zakirova Umida Xamza qizi 2008-yil 1-mart kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. U Urganch tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida hamda Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyida tahsil olgan. Faoliyatini 2023-yilda Ichki ishlar litseyiga o‘qishga kirganidan boshlab boshlagan.
Umida hozirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tergov faoliyati yo‘nalishida tahsil olmoqda. U ona tili va tarix fanlaridan B darajadagi milliy sertifikatga, ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatga ega. Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyini qizil diplom bilan tamomlagan, kumush medal hamda Ichki ishlar vazirining stipendiyasi sohibasi. Shuningdek, Ichki ishlar akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga qabul qilingan.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga o‘qishga qabul qilingani uning hayotidagi ta’sirli voqealardan biridir. Bo‘sh vaqtida kitob va maqolalar o‘qiydi, hikoyalar yozadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — hammani tushuna olishdir, boshqalar esa undan kuzatuvchanlikni o‘rganishlari mumkin.
U kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, hayotda o‘z o‘rnini topishni va o‘zi orzu qilgan hayotda yashashni maqsad qilgan. Uning hayotiy shiori: «Orzularni maqsadga, maqsadlarni harakatga, harakatlarni esa natijaga aylantir. O‘z yo‘lingni top, imkoniyatlardan foydalan va kelajakda o‘zing bilan faxrlanadigan inson bo‘l».
