Zaribboyeva Fayruza Shonazar Qizi
Zaribboyeva Fayruza Shonazar qizi 2007-yil 21-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. U Samarqand viloyatida yashaydi. Hozirda u boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-bosqich talabasi.
Uning hayotiga o‘qishga kirishi ta’sir qilgan. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi. U o‘zida mehribonlik va samimiylik fazilatlarini qadrlaydi hamda boshqalar undan aynan shu fazilatlarni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Uning aktyorlik va xoreografik qobiliyatlari kuchli.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun inson jamoani boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi, shuningdek, chaqqon va bilimli bo‘lishi zarur. Kelajakda u o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishni rejalashtiradi. Uning hayotiy shiori: “Hammasi yaxshi bo‘ladi”.
“Orzularing sari yur, to‘xtashni hech o‘ylama.
Bugungi mehnating ertangi yutug‘ingni belgilaydi.”
