Zarinaxon Sobirova Ma'rufjon Qizi

Zarinaxon Sobirova Ma'rufjon Qizi
Zarinaxon Sobirova Ma'rufjon Qizi
19 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Zarinaxon Sobirova Ma’rufjon 2009-yil 17-martda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi.

U 9 yil davomida 8-maktabda tahsil olgan. So‘ng 2 yil texnikumda o‘qib, uni a’lo baholarga bitirgan. Hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitetning 1-kurs talabasi.

Zarinaxon yoshligidan bilim olishga juda qiziqib keladi. U turli tadbirlarda faol qatnashgan, she’rlar va monologlar yozgan hamda fan olimpiadalarida 2- va 3-o‘rinlarni egallagan. U ingliz tili, tarix va ona tili fanlaridan sertifikatlarga ega. Shuningdek, 50+ xalqaro sertifikatlarga ega.

U Argentina Xalqaro volontyorlar klubi a’zosi bo‘lib, bu unga kitob va maqolalarni chop ettirish imkonini beradi. Uning maqolasi Kenya Time International’da, AQShda 2 marta chop etilgan.

Zarinaxonning hayotidagi eng muhim insonlar ota-onasidir. Chunki hech kim ishonmagan paytda ham ular unga ishonib, qo‘llab-quvvatlagan. U «Har kuni — kechagidan yaxshiroq» shioriga ishonadi va har kuni o‘z ustida ishlaydi.

Bo‘sh vaqtida she’rlar va monologlar yozadi, kitob o‘qiydi hamda boshqa tillarni o‘rganadi. U ijodkorlikni, kitob o‘qishni va yangi tillarni o‘rganishni yaxshi ko‘radi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — qo‘rqmaslik. Chunki inson biror ishni boshlashdan oldin qo‘rqmasa va astoydil mehnat qilsa, albatta natijaga erishadi. U boshqalar undan qo‘rqmaslik va tavakkalchilikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. U hech qachon tavakkal qilishdan va xato qilishdan qo‘rqmaydi. Uning fikricha, xato qilishdan to‘xtagan inson izlanishdan ham to‘xtagan bo‘ladi.

Zarinaxon jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lishni, o‘z sohasining yetuk hamda kuchli mutaxassisi bo‘lib yetishishni istaydi. Uning maqsadlari ko‘p.

«Bugungi kichik harakatingiz kelajakdagi katta muvaffaqiyatingiz uchun eng muhim poydevor bo‘lishi mumkin.»

Hoziroq ariza qoldirish