Zarnigor Xamzayeva Zarif Qizi

Zarnigor Xamzayeva Zarif Qizi
Zarnigor Xamzayeva Zarif Qizi
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Zarnigor Xamzayeva Zarif qizi 2008-yil 26-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Uvaysiy mahallasida yashaydi. U O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.

U faoliyatini 2026-yil sentyabr oylarida boshlagan. Zarnigor ingliz tilidan B2 daraja, ona tilidan B daraja hamda matematikadan C+ sertifikatiga ega.

Uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs — onasi. Onasining qo‘llab-quvvatlashi uni doimo ruhlantirgan va har safar harakatdan to‘xtamasligiga sabab bo‘lgan. Uning hayotiy prinsipi: hayotda hamma narsa bo‘ladi, muhimi — sinab ko‘rishdan qo‘rqmaslik, qiyinchiliklarga yuzma-yuz qarash va hech qachon to‘xtab qolmaslik.

Bo‘sh vaqtida u ertalabki yugurish bilan shug‘ullanadi, yengil mashqlar bajaradi, shaxmat o‘ynaydi, sudoku yechadi, to‘qiydi va sayr qiladi. Shuningdek, davlatlar madaniyati bilan tanishadi hamda qiziqarli faktlarni o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun pozitivlik, o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik va qiyin vaziyatlarda hamma uchun to‘g‘ri qaror qabul qilish muhim.

Zarnigor kelajakda magistratura ta’limini chet davlatda davom ettirishni rejalashtiradi. U sog‘lom hayot kechirishni, o‘ziga yoqqan sport bilan muntazam shug‘ullanishni va dunyodagi barcha mo‘jizalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni orzu qiladi. U insonlarga o‘zidagi bilimlarni ulashishi, o‘zini hamda boshqalarni qadrlash va hurmat qilishni o‘rgatishi, shuningdek, ularning ichki ovozini tashqariga chiqarishiga yordam berishi mumkin, deb hisoblaydi. U hayotini mazmunli o‘tkazishni, insonlarga yordam berishni, turli do‘stlar orttirishni va yangi narsalarni sinab ko‘rishni yoqtiradi.

“Hech qachon sinab ko‘rishdan qo‘rqmang. Doimo oldinga, to‘g‘ri yo‘nalishda intiling!”

Hoziroq ariza qoldirish