Zilola Usmanova

Zilola Usmanova
Zilola Usmanova
13 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Zilola Usmanova Husanboy qizi 13.05.2006-yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan. U Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida yashaydi. Hozirda Namangan Davlat Pedagogika Institutining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

U faoliyatini 2026-yilda maqola yozishdan boshlagan. Amerikaning Boston shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Farida Afruz ijodida okkozional birliklarning verballashuvi” mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, diplom va sertifikat bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Argentinaning “Juntos por Las Letras” yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Uning hayotiga ustozi ta’sir qilgan. Bo‘sh vaqtida badiiy kitob o‘qish, maqola va hikoyalar yozish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — intiluvchanlik. U o‘z kasbining yetuk mutaxassisi va sevimli ustoz bo‘lishni maqsad qilgan. Boshqalar undan bilim va tajriba o‘rganishlari mumkin.

“Kelajakni yaratishning eng yaxshi yo‘li — uni bugun o‘z qo‘llaring bilan qurishdir.”

Hoziroq ariza qoldirish