Ziyadullayeva Gulnoza Fazliddin Qizi
Ziyadullayeva Gulnoza Fazliddin qizi 2008-yil 15-noyabrda Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi.
U Qarshi tuman IM bitiruvchisi bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi. Universitetda matematika yo‘nalishida, Najot Ta’lim o‘quv markazida esa ML engineering bo‘yicha tahsil oladi. U boshlang‘ich sinfdan boshlab matematikaga qiziqib, uni o‘rgana boshlagan. Bu qiziqish dasturlashni o‘rganishini anchagina osonlashtirgan.
Gulnoza fizika fanidan tuman bosqichida 2-o‘rinni, “Zukko kitobxon” tanlovida 3-o‘rinni egallagan hamda “Zakovat” intellektual o‘yini respublika bosqichida ishtirok etgan. Uning shakllanishiga Qarshi tuman IM maktabidagi matematika ustozi Samarov Z.ning fidokorligi va o‘quvchilarga ilm ulashishdan charchamasligi ijobiy ta’sir qilgan.
Uning hayotiy prinsipi: “Mustaqil o‘rganish bilim olishning eng teran va samarali shaklidir. Ammo o‘rganish jarayonida qat’iyat ko‘pincha aql-idrok va qobiliyatdan muhimroq.” Bo‘sh vaqtida u asosan ta’limga oid kitoblar o‘qiydi, coding bilan shug‘ullanadi va ML bo‘yicha ko‘proq ma’lumot oladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — odamlarga ta’sir o‘tkaza olish.
Uning kelajakdagi maqsadi — Top 1% ML engineer bo‘lish. Boshqalar undan intizom, sabr, mas’uliyat va stressga chidamlilikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. U biror fan yoki sohani o‘rganmoqchi bo‘lsa, uning mohiyatini tushunguncha izlanadi. Shuningdek, biror ishni maksimal darajada yaxshi bajarishni yoki umuman bajarmaslikni tanlaydi.
